
Республика ихтисослаштирилган педиатрия илмий-амалий тиббиёт марказининг хирургия бўлимида жорий йилнинг 23-28 август кунлари Пирогов номидаги Россия Миллий тадқиқот тиббиёт маркази Болалар хирургияси кафедраси доценти, тиббиёт фанлари доктори В.А.Холостова, кафедра доценти, тиббиёт фанлари номзоди Н.А.Аль-Машат, кафедра доценти, тиббиёт фанлари номзоди П.М.Ярустовскийлар иштирокида маҳаллий мутахассислар учун маҳорат-дарслари ва кўргазмали операциялар ўтказилди. Хусусан, Республикада биринчи маротаба 2 нафар…

Markazimiz Direktori va Bolalar Kardiorevmotologiyasi ilmiy bo’limi rahbari Axmedova Dilorom Ilhamovna boshchiligidagi, ilmiy bo’lim xodimlari Ibragimov Abdulbosit, Kasimova Iroda tomonidan ILAR (The International League of Associations for Rheumatology) qo’llab-quvvatlashishi yordamida “Aslo kechiktirmang, bugunoq bog’laning” 2023-yil uchun mo’ljallangan Xalqaro Grant Loyihasi amalga oshirilmoqda. “Aslo kechiktirmang, bugunoq bog’laning” targ‘ibot to‘plami ingliz tilidan o‘zbek va qoraqalpoq tillariga tarjima…

26 май Самарқанд шаҳридаги “Silk Road Samarkand” мажмуаси Конгресс марказида Ўзбекистон – Германия халқаро соғлиқни сақлаш форуми утказилган. Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш вазирлиги ташаббуси билан ўтказилаётган мазкур нуфузли анжуманда вазирлик масъуллари, республикамиздаги ихтисослаштирилган илмий-амалий тиббиёт марказлари, тиббий олий таълим муассасалари вакиллари, шунингдек олимлар ва экспертлар, Германиянинг нуфузли тиббиёт марказлари, йирик фармацевтик корхоналар раҳбарлари ҳамда инвесторлар тарзда…

“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida respublikada tug‘ruq majmualarining tibbiyot xodimlarini audiologik skriningga o‘qitish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda. Treningni Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari olib bormoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 ta tug‘ruq majmuasidan 52 nafar, Xorazm viloyatida 14 ta tug‘ruq majmuasidan 40 nafar tibbiyot xodimi yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

30-mart kuni RIPIATMda markaz xodimlari va bo‘lim mudirlari o‘rtasida “Mening, sizning va bizning Konstitutsiyamiz” shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Yig‘ilganlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yuzasidan tushuntirishlar berib, aholi o‘rtasida ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Biz esa Navro’z bayramini nishonlashda davom etmoqdamiz…. Barcha mehmonlar uchun, koxlear implantatsiya muolajasidan keyingi bolalar, shuningdek, Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari alohida sovg’adir. Ularning she’r o’qishlari, qo’shiq aytishlari va raqsga tushishlarini siz bilan baham ko’ramiz!!!!! Biz mazza qilyapmiz, taram-taram!!!!!

RIPIATMda bahor kelishi – Navro’z bayrami nishonlandi!!!! Bayram dasturxonida nafaqat markaz xodimlari, balki uzoqdan kelgan mehmonlar – eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni musiqiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis Svetlana Burnos (Belarusiya) va Jahon Otorinolaringologlar tashkiloti bosh kotibi Milan Profant (Slovakiya) ham ishtirok etishdi.

2023-yil 10-mart kuni RIPIATMda orfan kasalliklariga bag‘ishlangan “Bolalarda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarini tashhislash va davolashning dolzarb muamolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi! O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Shvetsiyaning yetakchi olimlari o‘z ilmiy ishlalari bilan o‘rtoqlashdilar. Konferensiya davomida kam uchraydigan irsiy kasalliklar mukovitsidoz, yoshlar revmatoid artriti, bullyoz epidermoliz, umurtqa mushak atrofiyasi, birlamchi immunitet…