“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida respublikada tug‘ruq majmualarining tibbiyot xodimlarini audiologik skriningga o‘qitish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda.
Treningni Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari olib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 ta tug‘ruq majmuasidan 52 nafar, Xorazm viloyatida 14 ta tug‘ruq majmuasidan 40 nafar tibbiyot xodimi yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.